Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Yangiliklar

Rekord narxdagi avtoraqam: 1,6 milliard so‘mdan ortiqqa sotildi

125

O‘zbekiston avtoraqam bozorida yana bir rekord qayd etildi.

Unga ko’ra, “10 777 ZZZ” raqamli maxsus avtomobil raqami auksion savdolarida 1.638.000.000 so’mga sotilgan.

Mazkur raqamning narxi 1 milliard 560 million so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 78 million 281 ming 250 so‘m miqdorida komissiya yig‘imi qo‘shilgan. Shu tariqa, yakuniy to‘lov miqdori 1,638 milliard so‘mni tashkil qilgan.

Ma’lumot uchun, bu summa bugungi kunda deyarli 129 ming AQSH dollariga teng. Bu O‘zbekiston bozorida eng qimmat maxsus raqamlar qatoridan joy olgan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *