Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Jizzax viloyati Zomin tumanida ham katta hajmdagi chigirtkalar ko‘payib ketgani aytilmoqda
Jamiyat

Jizzax viloyati Zomin tumanida ham katta hajmdagi chigirtkalar ko‘payib ketgani aytilmoqda

Nilufar Qobilova 13.06.20252 daqiqa o'qiladi
1137

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston hududlarida chigirtkalar to‘dalari tarqalishi haqida xabarlar tarqaldi. Bu holatlar joyiga chiqib, tezkor choralar ko‘rilmoqda va chigirtkalar to‘dalari bartaraf etilmoqda.

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidagi Bash 500 MVt shamol elektr stansiyasida kecha tunda chigirtkalar tarqalganligi ma’lum bo‘ldi. Dastlab, strategik ahamiyatga ega obyekt atrofi erta tongda barer usulida ishlandi, keyinchalik kunning birinchi qismida elektr stansiyaning o‘zida ham kimyoviy ishlov o‘tkazildi. 

Zarafshon shahridagi yoqilg‘i quyish shahobchalarida ham chigirtkalar to‘dasi tarqalganligi haqida xabarlar tarqaldi. Bu holat ham joyida o‘rganilib, chigirtkalar bartaraf etildi.

Chigirtkalar turiga oid ma’lumot: Tasvirlardagi chigirtka saksovul bukri chigirtkasi bo‘lib, ekinlarga zarar yetkazmaydi. Imago yoshiga yetgan hasharotlar yorug‘likka uchib ketish holatlari kuzatiladi. Ayni vaqtda bu turdagi chigirtkalar tuxum qo‘yib, tabiiy nobud bo‘lish davriga yetib kelgan.

Navoiy viloyatida zararli chigirtkalarga qarshi kurash aprel oyida boshlangan. 4 ta otryad tashkil etilib, 6 ta UMO purkagichli maxsus avtomashina, 5 ta purkagichli traktor, 3 ta vodovoz biriktirilgan va 25 nafar ishchi-xodim jalb qilingan. Zarurat bo‘lsa qo‘shimcha kuchlar safarbar etiladi. Hozircha vaziyat nazorat ostida.

12-iyun holatiga ko‘ra, 819 571 gektar maydonda kuzatuv o‘tkazildi. 485 ming 280 gektarda zararli chigirtkalar tarqalgani aniqlandi. Shundan 477 ming 505 gektar maydonda kimyoviy kurash tadbirlari olib borildi. Prognoz qilingan maydon 608 ming gektardan ortiq.

Qozog‘istonda tarqalgan chigirtkalar haqida ham xabarlar bor. Ular to‘da xosil qiluvchi chigirtka turi hisoblanadi. Qozog‘istonning zararli chigirtkaga qarshi kurash xizmati bilan doimiy aloqa o‘rnatilib, chegara hududlarida kuchaytirilgan monitoring olib borilmoqda. Aniqlanayotgan to‘dalar qisqa fursatda bartaraf etilmoqda.

Shuningdek, bir necha kun avval Toshkentda o‘tkazilgan Yevropa va O‘rta Yer dengizi o‘simliklar karantini va himoyasi ishchi guruhining 55-sessiyasi doirasida Qozog‘iston va Qirg‘iziston mutasaddilari bilan mavzu yuzasidan muloqot o‘tkazildi va tegishli kelishuv imzolandi.

Vaziyat nazorat ostida bo‘lib, barcha chora-tadbirlar samarali davom etmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *