Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “Konstitutsiyaga zid tartib bekor qilinishi kerak” — XDP taksichilar masalasi bo‘yicha Transport vaziriga so‘rov yubordi
Jamiyat

“Konstitutsiyaga zid tartib bekor qilinishi kerak” — XDP taksichilar masalasi bo‘yicha Transport vaziriga so‘rov yubordi

Nilufar Qobilova 12.06.20252 daqiqa o'qiladi
110

Toshkent shahrida yo‘nalishsiz taksi faoliyati bilan shug‘ullanishga oid joriy qilingan cheklov keng jamoatchilik tomonidan turli fikrlar va e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Endilikda har bir haydovchi o‘z hududida va unga tutash hududda taksi faoliyatini amalga oshirishi belgilangan.

Ammo, bu tartib O‘zbekiston Respublikasining yangi qabul qilingan Konstitutsiyasining 67-moddasiga zid kelmoqda.

Konstitutsiyamizga muvofiq, davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash, O‘zbekiston hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishini kafolatlaydi.

Yo‘nalishsiz taksi faoliyati bilan bog‘liq joriy qilingan cheklov, turli noqonuniy faoliyatlarni boshlanishiga, ularni erkin mehnat faoliyatini olib borishga to‘sqinlik qilmoqda, shuningdek, fuqarolarimizning konstitutsiyaviy huquqlarini cheklashiga olib keladi.

Bundan tashqari, Bosh qomusimizning 42-moddasiga ko‘ra, har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.

Yo‘nalishsiz taksi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarimiz o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ishsizlikdan himoyalanish huquqidan foydalangan hisoblanadi. Bunday shaxslar qonunlarda belgilangan tartibda tegishli litsenziya olib, soliqlarni to‘lagan holda to‘liq qonuniy faoliyat yuritmoqda.

Shu boisdan, yo‘nalishsiz taksi bo‘yicha cheklov joriy qilishga hech qanday huquqiy asoslar yo‘q, aksincha, konstitutsiyaviy me’yorlarga zid kelayotgan jihatlari aniq ko‘rinib turibdi.

Shu munosabat bilan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi Transport vaziridan ushbu masalada aniq tushuntirish berish yuzasidan so‘rov yubordi hamda transport sohasidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan hukumat soatida deputatlar savollariga javob olish uchun Transport vazirini taklif qildi.

 

Comments (1)

  • 13.06.2025

    Istalgan Hududda Taksichilik Qilish Mumkin, Propiska Bo’yicha Hech Qanaqa Taqiq Qo’yilmaydi - Jarayon

    […] Kecha haydovchilar faqat o‘zining propiskadan o‘tgan hududidagina taksichilik qilishlari mumkinligi haqida xabar tarqalgan edi. […]

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *