Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Qo‘qon shahrida “Hizb ut-Tahrir” tashkilotining yashirin guruhi a’zolari ushlandi
Jamiyat

Qo‘qon shahrida “Hizb ut-Tahrir” tashkilotining yashirin guruhi a’zolari ushlandi

Nilufar Qobilova 12.06.20252 daqiqa o'qiladi
142

Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Hizb ut-Tahrir” diniy ekstremistik tashkilotining yashirin guruhi fosh etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qo‘qon shahrida yashovchi, 1962-yilda tug‘ilgan va ilgari “Hizb ut-Tahrir” tashkilotiga a’zo bo‘lib, Jinoiyat Kodeksining 159 va 244 prim 1 hamda 244 prim 2 moddalari bo‘yicha jinoiyatlarni sodir etganliklari uchun 2000-2019 yillarda ozodlikdan mahrum qilingan shaxs 1965-1971 yillarda tug‘ilgan 4 nafar fuqaroning ishtirokida noqonuniy guruh tuzgan.

2024-2025 yillarda Qo‘qon shahridagi choyxona va oshxonalarda o‘tkazilgan yig‘inlarda guruhi a’zolari “Hizb ut-Tahrir” g‘oyalarini O‘zbekistonga olib kirishga harakat qilgan, mazkur tashkilot tomonidan chop etilgan kitoblar va jurnallarda ifodalanadigan aqidaparastlik va xalifalik davlati qurish g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlagan.

Shuningdek, guruh a’zolari Telegram messenjerida yopiq kanalda a’zo bo‘lib, “Hizb ut-Tahrir” DЕTga tegishli materiallar bilan muntazam tanishib borgan.

Ta’kidlash joizki, guruhning 1971-yilda tug‘ilgan a’zosi ilgari “Hizb ut-Tahrir” tashkilotidagi ishtiroki uchun 23 yil jazo muddatini o‘tab, 2024-yilning aprel oyida ozodlikka chiqqan, boshqa bir a’zo esa firibgarlik bilan bog‘liq jinoiy holat uchun umri davomida jazo muddatini o‘tagan shaxsdir.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoiyat Kodeksining 159 va 244 prim 1 hamda 244 prim 2 moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ular uchun qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *