Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Sanepidemkomitet O‘zbekistonda Koksaki virusi tarqalishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Salomatlik

Sanepidemkomitet O‘zbekistonda Koksaki virusi tarqalishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Nilufar Qobilova 11.06.20251 daqiqa o'qiladi
99

O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik xavfsizlik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov, O‘zbekistonda bolalar orasida Koksaki virusi keng tarqalishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda bolalar orasida Koksaki virusi tarqalishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Bunga javoban, Nurmat Otabekov, mamlakat laboratoriyalarida hozirgacha Koksaki virusi bilan kasallangan birorta holat qayd etilmaganligini ma’lum qildi.

Koksaki virusi – bu enteroviruslar turiga mansub bo‘lib, ilk bor AQShning Koksaki shahrida aniqlangan. Virusning 70 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, eng ko‘p uchraydiganlari A va B guruhlaridir. Kasallik asosan 3-10 yoshdagi bolalarni zararlaydi va katta yoshdagilarda juda kam uchraydi.

Kasallikning alomatlari:

  • Keskin isitma (39-40°C ga qadar),
  • Bosh og‘rig‘i,
  • Zaiflik va uxlolmaslik,
  • Ba’zi hollarda – qo‘l, oyoq va og‘izda toshmalar, yutish qiyinlishuvi va tomoq og‘rig‘i.

Virus odatda yoz faslida, jamoat suv havzalarida suzish yoki bemor bilan bevosita aloqa orqali tarqaladi. Inkubatsion davri 2 dan 10 kungacha davom etishi mumkin.

Shu bilan birga, idora vakillari, o‘z-o‘zini davolashning foydasizligini, ayniqsa antibakterial dori-darmonlarni qo‘llashning Koksaki virusi ustida samarali emasligini ta’kidladilar.

Birinchi alomatlar paydo bo‘lishi bilan ota-onalarga pediatrga murojaat qilish va shifokor bilan uchrashuvni kechiktirmaslik tavsiya etiladi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *