Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Raqobat qo‘mitasi ”Beeline” kundalik to‘lovlari shartlarini qayta ko‘rib chiqish bo’yicha ko’rsatma yubordi
Jamiyat

Raqobat qo‘mitasi ”Beeline” kundalik to‘lovlari shartlarini qayta ko‘rib chiqish bo’yicha ko’rsatma yubordi

Nilufar Qobilova 11.06.20252 daqiqa o'qiladi
121

Raqobat qo‘mitasi 2024 yil davomida kelib tushgan shikoyatlarning 8,2 foizi va joriy yilning dastlabki 4 oyida 8,9 foizi telekommunikatsiya xizmatlariga oid bo‘lgan. Bu murojaatlarning ko‘p qismi “Beeline” xizmatlari bilan bog‘liq. Abonentlar tarif narxlari oshishi, qo‘shimcha pullik xizmatlarga ulanish, hisob-kitob muammolari va xizmat sifati bo‘yicha shikoyat qilishmoqda.

Shikoyatlar orasida oylik abonent to‘lovini to‘lash uchun hisobda yetarli mablag‘ bo‘lmaganida, abonentlarning roziligisiz avtomatik tarzda kundalik tarif rejasiga o‘tilishi haqida muammolar mavjud. Kundalik to‘lov to‘lab bo‘linganidan keyin esa tarmoqqa ulanish imkoniyati berilmasligi kabi holatlar ham ko‘rsatilgan.

Tarif rejalarida, xususan “Yana”, “Hammasi ZO‘R”, “Multi Kuch” kabi tariflarda quyidagi shartlar amal qilmoqda:

  • Oylik abonent to‘lovi yechilganda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, avtomatik ravishda kundalik abonent to‘lovi (2000 so‘m) yechiladi.
  • Kundalik abonent to‘lovi avtomatik tarzda yechiladi va uni rad etish yoki o‘chirish imkoniyati yo‘q.
  • Agar kundalik to‘lov to‘liq amalga oshmasa, hisob minusga tushib, raqam bloklanadi. Bloklangan holda tarmoqdan foydalanish imkoniyati yo‘q.
  • Kundalik abonent to‘lovi, abonent hisobida oylik to‘lov uchun yetarli mablag‘ to‘plangunga qadar avtomatik tarzda yechiladi. Mablag‘ yetarli bo‘lganda, oylik to‘lov yechilib, to‘liq oylik paket taqdim etiladi.

Kundalik abonent to‘lovining avtomatik tarzda yechilishi iste’molchilarning huquqlarini cheklaydi. Bu holat quyidagi muammolarni keltirib chiqarmoqda:

  • Agar balansda kundalik to‘lov uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, hisob minusga tushib, raqam bloklanadi.
  • Kundalik to‘lovdan foydalangan abonentlar uchun, tarmoqdan foydalanish imkoniyati berilmasdan, xizmat uchun haq olinadi.
  • Iste’molchilarga kundalik to‘lovni rad etish yoki o‘chirish imkoniyati berilmaydi.

Raqobat qo‘mitasi, yuqoridagi shikoyatlar va muammolarni hisobga olib, “UNITEL” MCHJga quyidagi ko‘rsatmalarni yubordi:

  • Oylik abonent to‘lovi yechilganda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, kundalik abonent to‘lovi avtomatik tarzda yechib olinmasligi kerak.
  • Abonentlarga kundalik xizmatdan foydalanganlikni ixtiyoriy ravishda tanlash imkoniyati berilishi zarur (masalan, USSD-kod orqali).
  • Oylik yoki kundalik abonent to‘lovlarini qarzga yechishga yo‘l qo‘ymaslik va abonentlarni o‘zgarishlar haqida vaqtida xabardor qilish.

Raqobat qo‘mitasi, telekommunikatsiya xizmatlari sohasidagi muammolarni hal qilish uchun zarur choralar ko‘rmoqda. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida, kundalik abonent to‘lovlarining avtomatik tarzda yechilishi bekor qilinishi va abonentlarga xizmatdan foydalanishni ixtiyoriy tanlash imkoniyati berilishi kerak. Iste’molchilar o‘z huquqlarini bilishi va kerak bo‘lganda Raqobat qo‘mitasiga murojaat qilishlari mumkin.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *