Jahon chempionati saralash guruh bosqichining so‘nggi turida mundial yo‘llanmasini hal qilib bo‘lgan O‘zbekiston milliy terma jamoamiz Qatar ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.
Butun to‘qnashuv davomida deyarli raqibning nafas olishiga qo‘ymagan vakillarimiz uchrashuvning 28-daqiqasida hisobni ochdi.
O‘yinni asosiy tarkibda boshlagan Aziz Turg‘onboyev o‘zining ajoyib kuchli zarbasi bilan to‘pni darvozaga mixlab qo‘ydi.
To‘qnashuvning 86-daqiqasida esa jamoamiz sardori hisoblangan Eldor Shomurodov oradagi farqni 2 taga yetkazib qo‘ydi. Unga esa Jamshid Iskandarov assistentlik qildi.
Shuningdek, o‘yinning asosiy bo‘lim so‘nggida zaxiradan maydonga tushgan Igor Sergeyev tushishi bilanoq uchinchi golga mualliflik qildi.