Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Salomatlik

Tanga yutib yuborgan 2 yoshli bolaning hayoti saqlab qolindi

Gulhayo Naimova 10.06.20251 daqiqa o'qiladi
101

Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanida 2 yoshli bola nazoratsiz qolgan vaqtida ikki dona 1 rubllik tangani yutib yuborgan.

Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, tangalar bolaning qizilo‘ngachida tiqilib qolgan.

Holat shifokorlar aralashuvini talab etgani bois bolada kam invaziv usulda shoshilinch tibbiy amaliyot o‘tkazildi va yot jismlar muvaffaqiyatli tarzda olib tashlandi.

Shifokorlarning aytishicha, operatsiyadan so‘ng bolaning ahvoli barqaror va u hozirda kuzatuv ostida.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ota-onalardan yosh bolalarni nazoratsiz qoldirmaslikni soʻramoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *