Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jahon
  • 16 shtat Tramp ma’muriyatini tez o‘q uzadigan tepkichlarga ruxsat bergani uchun sudga berdi
Jahon

16 shtat Tramp ma’muriyatini tez o‘q uzadigan tepkichlarga ruxsat bergani uchun sudga berdi

Gulhayo Naimova 10.06.20251 daqiqa o'qiladi
80

AQShning 16 ta shtati va Kolumbiya okrugi Prezident Donald Tramp ma’muriyatini sudga berdi. Ular Tramp hukumati qurollarga o‘rnatiladigan va o‘q uzishni ancha tezlashtiradigan maxsus tepkichlar — majburiy qaytuvchi tepkichlar (FRT) uchun taqiqni bekor qilgani sabab norozilik bildirmoqda.

Bu tepkichlar oddiy yarim avtomatik miltiqlarni deyarli avtomat qurolga aylantiradi. Foydalanuvchi tepkichni bosganida, u avtomatik tarzda orqaga qaytib, o‘q uzish tezligini oshiradi.

Tramp ma’muriyati may oyida ushbu qurilmalarni ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan kelishuvga erishdi. Kelishuvga ko‘ra, ilgari musodara qilingan minglab qurilmalar egalariga qaytarilishi mumkin.

Delaver, Merilend, Nyu-Jersi, Kaliforniya, Kolorado, Gavayi, Illinoys, Meyn, Massachusets, Michigan, Minnesota, Nevada, Oregon, Rod-Aylend, Vermont, Vashington shtatlari va Kolumbiya okrugi bu qarorga qarshi chiqishmoqda.

Shtatlar bu qurilmalar jinoyatchilar va xavfli shaxslarga tushib qolsa, qurolli zo‘ravonlik oshib ketishini aytmoqda.

“Bu odamlarning hayotini xavf ostiga qo‘yadi. Biz bu xavfli qurilmalarning ko‘chalarga qaytishiga qarshimiz,” — dedi Michigan bosh prokurori.

Sud hozirda ishni ko‘rib chiqmoqda. Bu mojaro qurollar ustidan nazorat va fuqarolar xavfsizligi borasida muhim bahslarni yana kuchaytirdi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *