Asosiy matnga o'tish
25-Noyabr, Chorshanba
Sport 1 daqiqa o'qish

Ertaga velomarafon sababli Toshkentning ayrim koʻchalarida transport harakati cheklanadi

Ertaga velomarafon sababli Toshkentning ayrim koʻchalarida transport harakati cheklanadi

8-iyun, shanba kuni ertalab soat 06:00 dan 09:00 ga qadar Toshkent shahrining markaziy ko‘chalarida avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bu chora “Yoshlar kubogi” velomarafoni o‘tkazilishi bilan bog‘liq, deya xabar bermoqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Velomarafon qatnashchilari xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash maqsadida quyidagi ko‘chalar yopiladi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Abay ko‘chasi — Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Alisher Navoiy ko‘chasigacha;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Botir Zokirov ko‘chasi — Alisher Navoiy ko‘chasidan “O‘zbekiston” metro bekatigacha;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Afrosiyob ko‘chasi — “O‘zbekiston” metro bekatidan Nukus ko‘chasigacha;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Nukus ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasigacha;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Abdulla Qodiriy ko‘chasi — Farg‘ona yo‘lidan Abay ko‘chasi kesishmasigacha.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Toshkent shahar IIBB haydovchilardan vaqtinchalik noqulayliklarni inobatga olgan holda harakat rejasini oldindan belgilab olishni va aylanma yo‘llardan foydalanishni so‘radi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Tadbir yakunlangach, harakat to‘liq tiklanishi rejalashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Google qidiruvidagi “Asosiy yangiliklar” bo‘limida Jarayon xabarlari sizga birinchi bo‘lib chiqsin.

Google’da afzal manba qilish

Mavzuga oid

Sport