Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Sport

Ronaldu Jahon Chempionatida ishtirok etadimi?

Nilufar Qobilova 07.06.20251 daqiqa o'qiladi
48

Portugaliya terma jamoasi va “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bu yozda bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Bu haqda mashhur futbol insayderi Fabritsio Romano futbolchining o‘z so‘zlariga tayanib xabar berdi.

 Musobaqa 15-iyundan 13-iyulgacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda dunyoning yetakchi klublari qatnashadi. Ammo Ronaldu bu safar maydonga tushmasligini rasman e’lon qildi.

“Muzokaralar, takliflar bo‘ldi… Lekin yakuniy qaror men tomonidan qabul qilindi. Biz qisqa, o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan qarorlar qabul qilishimiz kerak,” — degan Ronaldu.

 39 yoshli futbolchining bu qarori uning fiziologik tayyorgarligi, klub rejasi va shaxsiy sport faoliyatini uzaytirish strategiyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

 Ronaldu hozirda “Al-Nasr” safida faoliyatini davom ettirmoqda va klubning ichki tayyorgarlik rejasi asosida o‘yinlarga e’tibor qaratmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *