Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Shvetsiyada bolalarining tish yuvmagani uchun ota-onaga qamoq jazosi tayinlandi

Nilufar Qobilova 07.06.20251 daqiqa o'qiladi
1142

Shvetsiyada bir juft ota-ona o‘zlarining uch nafar farzandining tish gigiyenasiga loqayd munosabatda bo‘lgani uchun har biri 8 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda mamlakatning yetakchi nashrlaridan biri — “Aftonbladet” gazetasi xabar berdi.

 Tibbiy ko‘rik chog‘ida aniqlanishicha, maktabgacha yoshdagi bir qiz va ikki o‘g‘ilning tishlari chuqur karyes bilan zararlangan. Holat shu darajada og‘ir bo‘lganidan, ba’zi tishlarni olib tashlashga majbur bo‘lishgan.

 Qizcha narkoz ostida 8 ta tishidan ajralgan, har bir o‘g‘il bola esa 4 tadan tishini yo‘qotgan. Yana aniqlanishicha, og‘iz bo‘shlig‘i infektsiyalangan, og‘riqli yiringli yallig‘lanishlar yuzaga kelgan.

Ish bo‘yicha prokuror Sofiya Bryungelsson bayonotida bunday holatni “jinoyat” deb atagan va sudda ota-onalarni qamoq jazosi bilan jazolash tarafdori bo‘lgan.

“Ota-onalar bolalariga g‘amxo‘rlik qilish uchun mas’ul. Bu holatda e’tiborsizlik darajasi jinoiy deb baholanadi,” — dedi prokuror Bryungelsson.

 Sud jarayonida ota-onalar o‘z ayblarini tan olmagan, biroq sudya ular farzandlariga zarur tish parvarishini ko‘rsatmagani uchun har biri bo‘yicha 8 oy qamoq jazosi tayinlagan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *