Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Iqtisodiyot

Har 1000 mehnatga yaroqli aholining 224 nafarida kredit mavjudligi aniqlandi

Nilufar Qobilova 07.06.20252 daqiqa o'qiladi
30

O‘zbekistonda bank kreditidan foydalanuvchi aholi soni ortib bormoqda, deya xulosa qilindi Markaziy bankning 2024-yil yakuniga oid moliyaviy sharhida.

 Raqamlarga ko‘ra, 2024-yil oxirida banklardan qarz olgan jismoniy shaxslar soni 4,7 million kishiga yetgan, bu esa 2023-yilga nisbatan 18 foizga ko‘p. Shu bilan birga, har ming nafar mehnatga layoqatli aholining 224 nafarida kredit mavjud, bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 31 kishiga ortgan.

“2020-yil boshida bu ko‘rsatkich atigi 100 nafar atrofida edi,” — deyiladi sharhda.


Mikroqarzlar ulushi oshmoqda

2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mikroqarz olganlar soni 2,3 million kishiga yetgan, bu esa bir yilda 37 foizlik o‘sishni anglatadi. Mikroqarzlar jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlarning 24 foizini tashkil etgan bo‘lib, jami 42,4 trillion so‘mga teng.

 Ammo, muammoli kreditlar ichida mikroqarzlarning ulushi oshib borayotgani xavotir uyg‘otmoqda:

  • Mikroqarzlar tarkibidagi muammoli kreditlar ulushi — 4% (2023-yilga nisbatan 2%ga ko‘p)

  • Shundan 53% qoniqarsiz, 16% umidsiz deb baholangan

Markaziy bankning ta’kidlashicha, mikroqarzlar uchun garov yoki aniq maqsad belgilanmasligi tufayli ko‘pchilik qarzdorlar o‘z majburiyatlarini bajara olmayapti. Bu esa banklar uchun kredit yo‘qotish xavfini oshirmoqda.


Kredit bozoridagi boshqa tendensiyalar

Avtokreditlar qoldig‘i 2024-yil davomida 6 foizga kamaygan,Ipoteka kreditlari qoldig‘i esa 67,7 trln so‘mga yetib, 16 foizga oshgan.

Sharh yakunida Markaziy bank aholining qarzga bog‘liqligini, ayniqsa, mikroqarzlar bo‘yicha risklarni nazorat qilish zarurligini ta’kidlaydi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *