Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

O'zbekiston

O‘zbekistonda qaysi talabalar grantni “doimiy” oladi?

Nilufar Qobilova 07.06.20252 daqiqa o'qiladi
39

O‘zbekistonda ijtimoiy himoyaga muhtoj toifaga kiruvchi talabalar agar davlat granti asosida o‘qishga kirgan bo‘lsa, baholari pasayib ketgan yoki akademik qarzdor bo‘lgan taqdirda ham ularning grant asosida ta’lim olish huquqi o‘qishni tugatguniga qadar saqlab qoladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Moliya vazirligi hujjatlarida qayd etilgan.

Mazkur imtiyoz “kontraktdan budjetga o‘tish” va “budjetdan kontraktga tushib qolish” tizimidan istisno tariqasida joriy etilgan. Oddiy talabalar o‘z baholariga ko‘ra har yili qayta tasniflanadi, ammo quyidagi toifadagi talabalar bunga duchor bo‘lmaydi.

Imtiyozli toifalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Nogironligi bo‘lgan talabalar (I va II guruh yoki bolalikdan nogironlar)

  • Ijtimoiy yetimlar (ota-onasi yo‘q yoki qarovsiz qolganlar)

  • “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan talabalar

  • Kam ta’minlangan va yordamga muhtoj oilalar farzandlari

  • Og‘ir ijtimoiy holatdagi talabalar (yolg‘iz ona farzandi, ko‘p farzandli yoki ishsizlar oilasidan bo‘lganlar)

“Ushbu toifadagi talabalar agar grant asosida o‘qishga kirgan bo‘lsa, ularning moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishi baholardan qat’i nazar, to‘liq ta’lim muddati davomida davom ettiriladi,” — deyiladi rasmiy sharhlarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab, to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan, davlat sтипendiyasi egasi bo‘lgan yoki yashash sharoiti og‘ir toifalarga kiruvchi talabalar uchun kontrakt to‘lovlarini davlat byudjeti hisobidan amalga oshirish imkoniyati ham joriy etilgan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *