Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan 2024-yilgi moliyaviy barqarorlik tahliliga ko‘ra, O‘zbekistonda uy-joy narxlari o‘sishi to‘xtagan bo‘lsa-da, ularning qiymati asl (fundamental) narxdan 17 foizga yuqori bo‘lib qolmoqda.
2023-yilda uy narxlari yillik o‘sish sur’ati 18,2 foizni tashkil etgan, bu esa 2024-yilda 14,2 foizga kamaygan. Ammo uylar hali ham ortiqcha baholangan.
Ipoteka kreditlari shartlarining qat’iylashuvi, aholining real daromadiga mos narxlarning shakllanishi talabning pasayishiga olib keldi. Foiz stavkalari oshdi, to‘lov muddati qisqardi, va xizmat xarajatlari ortdi, bu esa aholining uy olish imkoniyatini chekladi.
Statistikaga ko‘ra:
-
O‘rtacha ish haqi — 17,8% o‘sgan
-
Ipoteka to‘lovlari — 44% o‘sgan
-
Uy olish qobiliyati — 27% pasaygan