Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Sport

O‘zbekiston tarixda birinchi bor Jahon chempionatiga chiqdi

Gulhayo Naimova 05.06.20251 daqiqa o'qiladi
96

O‘zbekiston milliy futbol jamoasi bugun, 4-iyun kuni Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) qarshi o‘yinda 0:0 hisobida durang o‘ynadi va shu natija bilan ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi.

JCH–2026 saralash bosqichining 9-turidan keyin Temur Kapadze boshchiligidagi jamoa 18 ochko jamg‘ardi. Guruhda 3-o‘rinda ketayotgan BAAda esa 14 ochko bor. Shunday qilib, so‘nggi tur natijasidan qat’i nazar, O‘zbekiston guruhda 2-o‘rinni kafolatlab, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Bu natija O‘zbekiston futbol tarixida ilk bor Jahon chempionatiga chiqish degani.

2026-yilda AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan musobaqada o‘zbekistonlik futbolchilar ham ishtirok etadi.
O‘yinda hisob ochilmadi. Temur Kapadze jamoasi ehtiyotkor uslubda o‘ynadi va bu taktik yondashuv o‘zini oqladi.
O‘zbekiston milliy jamoasi bungacha 7 marta mundialga chiqishga uringan, ammo faqat 8-urinishda orzusiga yetdi.

Bu — o‘zbek futboli uchun tarixiy g‘alaba.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *