“Toshkent metropoliteni” Qurbon Hayiti ayyomi munosabati bilan poyezdlar harakati va xizmat ko‘rsatish vaqtlarida o‘zgarishlar bo‘lishini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2025-yil 6-iyun, Qurbon Hayiti bayrami kuni, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida metropoliten ish vaqti soat 03:00 dan boshlanadi.
Shu bilan birga, bayram munosabati bilan soat 03:00 dan 10:00 ga qadar barcha yo‘lovchilar uchun metro xizmatlari bepul taqdim etiladi.
Bayramdan keyingi dam olish kunlari esa metro harakati quyidagicha tashkil etiladi:
7-iyun (shanba) — poyezdlar shanba kuniga mo‘ljallangan jadval asosida harakatlanadi;
8-iyun (yakshanba) — metro soat 05:00 dan boshlab yakshanba jadvali bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.