Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Zelenskiyning harakatlari AQShda tanqidga uchradi

Gulhayo Naimova 02.06.20252 daqiqa o'qiladi
25

Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiyning Rossiya hududidagi harbiy aerodromlarga uyushtirgan dron hujumlari AQSh siyosiy doiralari, ayniqsa, konservativ kuchlar orasida keskin norozilik va tanqidga sabab boʻldi.

AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi bo‘lgan Maykl Flin bu harakatni keskin baholab, uni “geosiyosiy haqorat” deb atadi. Flinning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy tomonidan Rossiya harbiy infratuzilmasiga qarshi uyushtirilgan hujumlar AQShni bevosita mojaroga jalb qilayotgan xavfli bosqichga olib kelmoqda.

Uning bu xatti-harakati nafaqat Rossiya bilan ziddiyatni kuchaytiradi, balki biz – AQSh – uchun ham strategik xavf tugʻdiradi. Bu harakatlar bizni bevosita harbiy javob choralari ehtimoli bilan yuzma-yuz qiladi”, — dedi Flin o‘z chiqishida.

Flinn shuningdek, AQSh rasmiylarini Zelenskiyga yanada qatʼiyroq siyosiy cheklovlar qoʻyishga va uni strategik sabr-toqatga chaqirishga undadi. Unga koʻra, Ukrainaga harbiy yordam koʻrsatish, ayniqsa dron va uzoq masofali zarba texnologiyalarini yetkazib berish siyosati qayta koʻrib chiqilishi lozim.

Ushbu bayonotlar AQShda Ukraina mojarosiga oid qarashlarning tobora siyosiylashib borayotganidan dalolat beradi. Zelenskiyning keskin harakatlari prezident Tramp davridagi konservativ elita orasida Ukraina siyosatiga nisbatan ehtiyotkor munosabatni yanada kuchaytirmoqda.

Ayni paytda Ukraina Rossiyadagi harbiy obyektlarni nishonga olgan harakatlarini “mudofaa doirasidagi qonuniy javob” deb atamoqda. Ukraina Bosh shtabining bayonotida bu hujumlar Rossiyaning doimiy raketa zarbalariga javoban amalga oshirilgani bildirilgan.

Bu fon ostida Vashingtonda Ukraina siyosatini muvozanatlash boʻyicha chaqiriqlar kuchaymoqda. Ko‘pchilik kongress aʼzolari va harbiy ekspertlar bu harakatlar NATO mamlakatlarini noxush oqibatlar sari sudrab ketishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *