Buyuk Britaniya Rossiyani o‘z xavfsizligiga eng yaqin va dolzarb tahdid sifatida baholashni rejalashtirmoqda.
Bu haqda 2-iyun kuni taqdim etilishi kutilayotgan milliy mudofaa va xavfsizlik strategik hisobotida ma’lum qilinadi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
130 sahifalik hujjatda Rossiya “bevosita va muhim tahdid” sifatida tilga olinadi. Hujjatda, shuningdek, Xitoy “murakkab va uzoq davom etuvchi muammo”, Xitoy va Shimoliy Koreya esa “mintaqaviy tartibni buzuvchilar” deb tasniflanadi.
Hisobotda qayd etilishicha, Buyuk Britaniya “yangi tahdidlar davriga” kirgan. Dronlar, sun’iy intellekt va boshqa ilg‘or texnologiyalar urush olib borish usullarini keskin o‘zgartirgan.
Hujjatda shuningdek, London allaqachon Rossiya bilan kiberxavfsizlik sohasida “urush holatida” ekani haqida ham fikr bildiriladi. Britaniya hukumati bu hujjat orqali tahdidlar xaritasini yangilashni va xalqaro siyosiy pozitsiyasini qayta belgilashni maqsad qilgan.