Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

COVID-19: Shtammlar ko‘paymoqda, ammo xavf qay darajada?

Nilufar Qobilova 30.05.20252 daqiqa o'qiladi
69

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi vakillari mamlakatda koronavirus bo‘yicha epidemiologik vaziyat barqaror ekanini ma’lum qildi. Bu bayonotlar so‘nggi kunlarda internet va ijtimoiy tarmoqlarda COVID-19’ning yangi to‘lqini haqida tarqalayotgan asossiz ma’lumotlarga javoban yangradi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov NB.1.81 shtammi haqida e’lon qilingan yangiliklarni izohlar ekan, bu shtamm ayrim mamlakatlarda aniqlangani haqida xabarlar mavjudligini tan oldi. Biroq, “COVID-19 yangi to‘lqin holida butun dunyoni qamrab oldi”, degan bayonotlarni u asossiz deb atadi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 2024-yil 13-apreldan boshlab kasallanish bo‘yicha kundalik axborot berishni to‘xtatgan. Bu holatning barqarorligidan dalolat beradi, — dedi Atabekov.

Rossiyaning “Rospotrebnadzor” tashkiloti ham 2024-yil 12-maydan boshlab kundalik statistikani e’lon qilishni to‘xtatgan. Bu esa xalqaro miqyosda COVID-19 bo‘yicha xavotir darajasi pasayganidan darak beradi.

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash rasmiylarining bildirishicha, hozirda aniqlanayotgan holatlar soni oz, ularning katta qismi yengil kechmoqda va bemorlar ambulator tarzda davolanmoqda. Faqat surunkali kasalliklarga ega bo‘lgan bir guruh bemorlargina shifoxonaga yotqizilgan.

Mutaxassislar, dunyoda koronavirusning 45 mingga yaqin mutatsiyasi qayd etilganini, lekin ularning atigi 10-15 tasi kasallik chaqirganini eslatib o‘tdi. Shu bois, har bir yangi mutatsiyaga nisbatan vahima ko‘tarish asossiz, deya ogohlantirishmoqda.

Atabekovning ta’kidlashicha, mamlakatda viruslar harakatini kuzatuvchi monitoring tizimi faoliyat yuritmoqda. Bemorlardan olingan namunalarda tahlillar olib borilmoqda, kasallikning yangi shakllari aniqlanganda zudlik bilan tegishli choralar ko‘riladi.

Rasmiylar fuqarolardan noto‘g‘ri axborotga ishonmaslikni, sog‘liqni saqlash organlari tomonidan berilayotgan rasmiy ma’lumotlarga tayanishni so‘ramoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *