Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Rossiya Serbiyani Ukrainaga qurol yetkazishda aybladi

Gulhayo Naimova 30.05.20252 daqiqa o'qiladi
73

Rossiya Serbiyani Ukrainaga qurol yetkazib berganlikda ayblab chiqdi. Rossiya Tashqi razvedka xizmati (SVR) Serbiya mudofaa sanoati korxonalari NATOga a’zo davlatlar — jumladan Chexiya, Polsha, Bolgariya va ayrim Afrika mamlakatlari orqali Ukrainaga o‘q-dori yetkazayotganini da’vo qilmoqda.

SVR bayonotida bu harakatlar “xiyonatga teng” deb baholanib, Serbiya hukumati o‘zining anʼanaviy ittifoqchisiga qarshi “qonli foyda” izlayotgani taʼkidlandi. “Do‘st kim, dushman kimligini unutib qo‘yishmoqda,” deyiladi bayonotda.

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Moskvaga tashrifi chog‘ida bu masalani Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muhokama qilganini tasdiqladi. U ikki tomon “qurol yetkazib berish yo‘nalishlarini aniqlash uchun ishchi guruh tuzishga kelishganini” aytdi.

Vuchich Serbiya Ukrainaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurol eksport qilmayotganini taʼkidladi va Belgradning harbiy betaraflik siyosatini saqlab qolayotganini bildirdi. Biroq 2023-yildan beri Serbiyada ishlab chiqarilgan o‘q-dorilar uchinchi davlatlar vositasida Ukrainaga yetkazilayotgani haqidagi xabarlar G‘arb OAVlarida bir necha bor tilga olingan.

Serbiya Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishni istayotgan bo‘lsa-da, Rossiya bilan yaqin siyosiy va madaniy aloqalarni saqlab kelmoqda. Prezident Vuchich bu yil 9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan G‘alaba bayrami paradida qatnashgan yagona yevropalik yetakchi bo‘ldi — bu esa G‘arbda tanqidlarga sabab bo‘ldi.

Shuningdek, Serbiya G‘arb sanksiyalariga qo‘shilmagan kam sonli yevropalik davlatlardan biri hisoblanadi.

Ushbu vaziyat Serbiya uchun geosiyosiy bosimni kuchaytirib, uning G‘arb bilan yaqinlashish rejalari uchun muammolar tug‘dirishi mumkin.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *