Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Yangiliklar

O‘zbekiston tog‘larida qor yog‘di: yoz arafasida kutilmagan sovuq havo kuzatildi

Gulhayo Naimova 30.05.20251 daqiqa o'qiladi
59

Bahorning oxirgi kunlarida O‘zbekiston tog‘li hududlarida kutilmagan sovuq havo qayd etildi. 29-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi tog‘larda qor yog‘ayotgani tasvirlangan surat va videolar keng tarqaldi.

Foydalanuvchilar bahor oxirida tog‘lar oppoq qor bilan qoplangani haqida yozmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan kadrlarda qor ostida qolgan yam-yashil etaklar aks etgan. Ko‘pchilik buni iqlim o‘zgarishining yaqqol belgisi sifatida baholamoqda.

Ob-havo mutaxassislari so‘nggi kunlarda tog‘li hududlarda harorat keskin pasayganini tasdiqladi. Gidrometeorologiya xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, kechasi O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toshkentda ham sovuq havo kuzatilishi mumkin.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday anomal sovuqlar bahor-yoz o‘tish davrida kamdan-kam uchrasa-da, O‘zbekistonning tog‘li tumanlarida istisno holatlar sifatida ro‘y berib turadi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *