Yil boshida gibrid avtomobillardan ekologik sertifikat olish majburiyligi joriy etilgan edi, biroq hozirda bu tartib bekor qilinmoqda.
Ekologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Obidjon Qudratovning ma’lum qilishicha, amaldagi qonunchilikka ko‘ra gaz, benzin va dizel yoqilg‘isida yuradigan avtomobillardan ekologik sertifikat talab qilinadi, lekin elektromobillar bundan ozod qilingan.
Gibrid avtomobillar haqida aniq norma yo‘qligi tufayli tushunmovchilik yuzaga kelib, ulardan sertifikat talab qilindi va to‘lovlar undirilgan. Hozirda hukumat qaroriga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilmoqda, unga ko‘ra gibrid avtomobillardan ekologik sertifikat so‘ralmasligi aniq belgilanishi rejalashtirilgan.
Senat raisi Tanzila Narbayeva qonunchilikdagi ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinishini eslatib o‘tdi.