Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

O‘zbekistonda ish vaqtidan tashqari ish haqi to‘lash tartibi o‘zgarishi mumkin

Nilufar Qobilova 28.05.20251 daqiqa o'qiladi
84

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 27-may kuni bo‘lib o‘tgan majlisida ish vaqtidan tashqari mehnatga haq to‘lash tartibini soddalashtirishga doir qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

Qonun loyihasi Mehnat kodeksiga o‘zgartish kiritishni nazarda tutadi. Unda bir kunda ish vaqtidan tashqari mehnatning ilk ikki soati uchun kamida 1,5 hissa, undan ortiq soatlar uchun esa kamida 2 hissa miqdorida haq to‘lash taklif etilgan.

Amaldagi tartibda bu ko‘rsatkich har doim kamida ikki hissa bo‘lishi shart. Biroq yangi tartib tadbirkorlarning takliflari asosida ishlab chiqilgan, deya ta’kidladi Bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva.

Shuningdek, loyiha Mehnat kodeksining 190-moddasiga o‘zgartirish kiritishni ko‘zda tutib, yillik 120 soatlik ish vaqtidan tashqari ish cheklovini bekor qilishni taklif etmoqda. Biroq kunlik cheklovlar o‘z kuchida qoladi.

Raqamlar shuni ko‘rsatadiki, 2024-yilda 627 ta holatda korxonalar ishchilarni ish vaqtidan tashqari norasmiy ishlatgan. Yangi qonun bu kabi holatlarning oldini olishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Loyihani ishlab chiqishda 68 ta mamlakat tajribasi o‘rganilgan. Rivojlangan davlatlar – Germaniya, Niderlandiya, Italiya, Shvetsiya va boshqalarda yillik cheklov yo‘q, va ko‘p hollarda ish haqi 1,25−1,5 hissa miqdorida belgilanadi.

Qonun loyihasi fuqarolarning mehnat huquqlarini kafolatlash, tashkilotlarda ish unumdorligini oshirish hamda xodimlar daromadini ko‘paytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *