Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 73 yillik alkogol taqiqi tugaydi: “Alkogol inqilobi” boshlanmoqda
Jahon

Saudiya Arabistonida 73 yillik alkogol taqiqi tugaydi: “Alkogol inqilobi” boshlanmoqda

Nilufar Qobilova 26.05.20251 daqiqa o'qiladi
45

Saudiya Arabistoni 2026-yildan boshlab mamlakatda 73 yildan beri amal qilayotgan alkogol taqiqini qisman bekor qilishga qaror qildi. Bu tarixiy qadam mamlakatning “Vision 2030” milliy strategiyasining muhim qismi sifatida baholanmoqda.

Yangi tartibga ko‘ra, alkogol faqatgina 600 ga yaqin maxsus ruxsat etilgan joylarda, jumladan, besh yulduzli mehmonxonalar, yuqori darajadagi kurortlar, diplomatik zonalar va turizm markazlarida, xususan, Neom loyihasi va Sindala orolida sotilishi mumkin bo‘ladi.

Alkogol mahsulotlari orasida faqat pivo, vino va sidr kabi 20 foizdan past spirtli ichimliklar ruxsat etiladi, kuchli spirtli ichimliklarga esa taqiq saqlanib qoladi.

Ushbu liberal islohotlar Saudiya Arabistonining xalqaro maydondagi ambitsiyalarini aks ettiradi. Mamlakat 2030-yilda Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadigan EXPO 2030 ko‘rgazmasi hamda 2034-yilgi FIFA Jahon chempionatiga mezbonlik qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Esda tutish lozimki, Saudiya Arabistonida alkogol 1952-yildan beri qat’iyan taqiqlangan edi. Bu qonun nafaqat fuqarolar, balki xorijliklarga ham tatbiq etilar, uni buzganlarga qamoq jazosi va deportatsiya tahdidi mavjud edi.

Alkogol savdosining cheklangan shaklda yo‘lga qo‘yilishi mamlakat iqtisodiyotini neftga qaramlikdan chiqarish, turizm va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali yangi yo‘nalishga burish istagini ko‘rsatadi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *