Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Yer osti suvlaridan noqonuniy foydalanganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi

Nilufar Qobilova 26.05.20251 daqiqa o'qiladi
123

O‘zbekiston qonunchiligiga kiritilgan yangi qo‘shimchalarga ko‘ra, yer osti suvlari uchun noqonuniy ravishda quduq burg‘ilash ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

 Shuningdek, yer uchastkasini olganlik uchun belgilangan to‘lovlar vaqtida to‘lanmagan taqdirda, muddat o‘tgan qarzdorlik uchun vakolatli organlar tomonidan ogohlantirish berilgan sanadan boshlab 6 oy ichida qarzdorlik bartaraf etilmasa, yer uchastkasiga bo‘lgan huquq bekor qilinadi.

 Bundan tashqari, sug‘oriladigan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish yoki sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga o‘tkazish bo‘yicha aniq talablar belgilangan.

Yangi qo‘shimchalarga muvofiq, soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, yer osti suv manbalaridan suv o‘lchash uskunalarsiz suv olinishi holatida, soliq stavkasi belgilangan stavkalarning 5 baravarida hisoblanadi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *