Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Jeff Bezosning toʻyi Venetsiyada oʻtadi

Gulhayo Naimova 26.05.20252 daqiqa o'qiladi
100

Amazon asoschisi Jeff Bezos va jurnalist, vertolyot uchuvchisi Loren Sanches 2025-yil 24–26-iyun kunlari Italiyaning Venetsiya shahrida uch kunlik hashamatli to‘y marosimi tashkil etmoqda.

Marosimga dunyoning eng mashhur shaxslaridan iborat 200 nafardan ortiq mehmonlar taklif etilgan.

61 yoshli Jeff Bezos — Amazon kompaniyasi asoschisi, dunyoning eng boy insonlaridan biri hisoblanadi. U 2019-yilda 25 yillik turmush o‘rtog‘i Makenzi Skott bilan ajrashgan. Ayni damda u milliardlab dollarlik biznes imperiyasini boshqarishda davom etmoqda.

Loren Sanches — 54 yoshli amerikalik jurnalist va teleboshlovchi. U shuningdek, professional vertolyot uchuvchisi sifatida ham tanilgan. Bezos bilan ular 2016-yilda tanishgan va 2018-yilda munosabatlarini jamoatchilikka oshkor qilishgan. 2023-yil bahorida Bezos unga turmush qurishni taklif qilgan edi.

Ularning to‘yi Venetsiyaning San-Jorjo-Majore orolida bo‘lib o‘tadi. Tadbirni Jorj va Amal Klunilarning mashhur to‘y rejalashtiruvchilari Lanza & Baucina tashkil etmoqda.

Mehmonlar uchun shahardagi eng hashamatli besh mehmonxona: Aman Canal Grand Hotel, Danieli, Belmond Cipriani, Gritti Palace va St. Regis band qilingan.

Ba’zi xonalar narxi bir kechaga $500,000 gacha yetadi. Shuningdek, mehmonlar Bezosning 417 futlik “Koru” superyaxtasida ham sayr qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

To‘y marosimiga taklif etilgan yulduzlar orasida Kim Kardashyan, Kris Jenner, Eva Longoriya, Orlando Blum, Ivanka Tramp va boshqa mashhurlar bor.

Loren Sanches to‘y oldidan Parijda ayollar kechasi o‘tkazdi. Unda Kim Kardashyan, Katy Perri va Eva Longoriya kabi yulduzlar ishtirok etishdi. Sanches bu kechada bir necha hashamatli oq liboslarda ko‘rinish berdi. U to‘y libosini o‘zining doimiy dizayneri yordamida tayyorlatmoqda.

Venetsiyalik ayrim faollar shaharning boylar uchun “o‘yinchoqqa” aylanishiga norozilik bildirmoqda. Biroq shahar meri Luiji Brunyaro bu tadbir mahalliy aholiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini aytgan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *