O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yilgi “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni asosida, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul jarayoni yangi tartibda tashkil qilinadi.
Asosiy o‘zgarishlar:
-
Qabul imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq, bir vaqtning o‘zida o‘tkaziladi.
-
Abituriyentlar dastlab test sinovida to‘plagan ballari asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi, undan so‘ng professional ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanadi.
-
Bakalavriatga qabul ikki bosqichda amalga oshiriladi:
-
Birinchi bosqich: 5-iyundan 25-iyungacha test sinovlari uchun ro‘yxatdan o‘tish va test imtihonlari o‘tkazilishi.
-
Ikkinchi bosqich: Test sinovlari yakunlangach, 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasini, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash.
-
-
2025/2026-o‘quv yilidan boshlab, chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul milliy yoki xalqaro til sertifikatlari asosida amalga oshiriladi.
-
Davlat kollej va texnikumlariga qabulda ham “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili qo‘llaniladi.
Qabul bosqichlari va muddatlari:
-
Bakalavr: 5-iyun – 25-iyun (ro‘yxatdan o‘tish va test sinovlari)
-
Magistratura: 1-iyul – 30-iyul
-
Ikkinchi mutaxassislik: 10-iyul – 10-avgust
-
O‘qishni ko‘chirish: 15-iyul – 5-avgust
Qabul bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni quyidagi rasmiy saytlardan kuzatish mumkin:
-
my.uzbmb.uz — bakalavr va xorijiy OTMlardan qabul
-
magistr.edu.uz — magistratura qabul
-
my.edu.uz — ikkinchi mutaxassislik
-
transfer.edu.uz — o‘qishni ko‘chirish
Nodavlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni esa har yili iyun-sentabr oylarida amalga oshiriladi.