2025-yil may oyida amerikalik rok afsonasi Bryus Springstin prezident Donald Trampni keskin tanqid qilgan yangi raqamli “EP” albomini chiqardi.
Albomga Manchesterdagi jonli konsertlaridan to‘rt qo‘shiq va sahnada aytgan siyosiy chiqishlari kiritilgan. Unda Springstin Trampni “korrupsiyalashgan, nopok va xoin” deb atagan.
Springstinning tanqidiga sabab — Trampning 2024-yilgi saylovlardan keyingi harakatlari va “xalqni bo‘linishga olib kelgan siyosati” bo‘ldi. U sahnada shunday degan:
“Bu odam demokratiyani obro‘sizlantirdi, xalqni bir-biriga qarshi qo‘ydi. Endi jim turish — bu ham jinoyatga sheriklik.”
Konsert Trampning prezident sifatidagi ta’siri haqida chuqur fikr bildirgan nutq bilan yakunlangan. U, shuningdek, Bob Dilaning “Chimes of Freedom” qo‘shig‘ini ijro etib, demokratiya va erkinlik g‘oyalarini targ‘ib qildi.
Tramp bunga javoban ijtimoiy tarmoqlarda Springstinga qarshi kulgili video chiqardi va uni “qurigan olxo‘ri” deb masxara qildi.
Bu mojaro boshqa musiqachilar e’tiborini ham tortdi. Tramp tarafdori Kid Rock Fox Newsda chiqib, Springstinni “liberal elitaning tarafkashi” deb atadi.
Aksincha, musiqachilar Nil Yang va Pearl Jam guruhining solisti Eddi Vedder uni himoya qilib, “so‘z erkinligi har bir san’atkorga tegishli” deb chiqish qildi.
Springstin hozirda Yevropa bo‘ylab gastrol safarida. Uning AQShda yangi konsert sanalari hali e’lon qilinmagan. Ammo siyosiy chiqishlari musiqiy jamoatchilikda katta bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.