Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Bu qiziq

KFC qovurilgan tovuq ta’mli tish pastasini chiqardi

Gulhayo Naimova 22.05.20251 daqiqa o'qiladi
12

KFC o‘zining mashhur 11 xil ziravori asosida tayyorlangan qovurilgan tovuq ta’mli tish pastasini taqdim etdi. Bu noodatiy mahsulot Avstraliyaning Hismile kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan.

Yangi tish pastasi haqida kompaniya shunday deydi: “U issiq va shirali KFC tovuq bo‘lagini yeyayotgandek his uyg‘otadi, lekin og‘izda toza va yoqimli ta’m qoldiradi.”

Hismile marketing menejeri Koban Jons bu g‘oyani ilgari surgan bo‘lib, uni  “kutilmagan va juda qiziqarli” deb ta’rifladi.

Pasta Hismile rasmiy saytida $13 narxda sotuvga chiqarildi va qisqa vaqt ichida butunlay sotildi. Kompaniyaga ko‘ra, mahsulot ftor (fluorid) tarkibiga ega emas va uzoq muddat ishlatilganda og‘iz salomatligi uchun foydalidir.

Bu g‘ayrioddiy g‘oya internetda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi va ko‘plab ijtimoiy tarmoqlarda kulgili izohlar bilan tarqaldi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *