Endi “Googlega yozib qidiring” degan oddiy jarayon o‘rnini sunʼiy intellekt egallamoqda. Google o‘z izlash tizimini tubdan yangilab, foydalanuvchining ehtiyoji, qiziqishi va hatto atrofiga qarab javob beradigan sun’iy intellektli yordamchini ishga tushirmoqda.
Bu o‘zgarishlar Kaliforniyadagi Google I/O 2025 konferensiyasida eʼlon qilindi. Kompaniya rahbari Sundar Pichai buni “yangi texnologik bosqich” deb atadi.
Yangi AI Mode rejimi orqali izlash jarayoni ancha aqlli va interaktiv bo‘ladi. Endi:
Savollarni bo‘lib tahlil qiladi.
Masalan, siz murakkab savol bersangiz, u uni qismlarga ajratib, aniqroq natija beradi.
Shaxsiy javoblar. Sizning izlash tarixingizga qarab, javoblarni moslashtiradi.
Google ilovalari bilan bog‘lanadi. Gmail va boshqa ilovalar orqali ham yordam beradi.
Asosiy yangi imkoniyatlar:
Siz uchun ishni bajaradi.
Masalan, siz “Yakshanba kuni Reds o‘yiniga arzon chipta top” deb yozsangiz, u chipta xizmatlarini tekshiradi, narxlarni solishtiradi va sizga mos variantni chiqaradi.
Kamera orqali savol bering.
Telefon kamerasini kerakli joyga tutasiz, va Google sizga real vaqtda javob beradi. Masalan: “Bu bolt to‘g‘rimi?” deb so‘raysiz — va u to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlik kiritadi.
Vizual izlash kengayadi.
Google Lens kabi xizmatlar endi real vaqtda ishlaydi, ya’ni siz biror narsaga qaratsangiz, darhol maʼlumot olasiz.
Baʼzi imkoniyatlar hozircha faqat “Labs” (sinov) bo‘limida.
Tez orada Google ilovasi orqali barcha foydalanuvchilarga ochiladi.
iPhone foydalanuvchilari uchun ham kengaytiriladi.
Google 30 yildan beri asosiy izlash vositasi bo‘lib kelgan. Ammo hozir raqobat kuchli — OpenAI, Apple va boshqalar sunʼiy intellekt asosida yangi yordamchilar yaratmoqda. Google esa bu jarayonda orqada qolmaslik uchun qidiruvni yangilamoqda.
“Endi sunʼiy intellekt siz uchun izlaydi, tushunadi va ishni bajaradi,” — deydi Sundar Pichai.