Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Xorijda o‘zbek restoranlari ochuvchilarga davlat tomonidan subsidiyalar beriladi

Nilufar Qobilova 21.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :11

Prezidentning “2025–2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish” bo‘yicha farmoniga muvofiq, xorijda o‘zbek milliy taomlariga ixtisoslashgan restoranlar ochadigan tadbirkorlar xarajatlarining bir qismini davlat hisobidan qoplab oladi.

Turizm qo‘mitasi tomonidan belgilangan yetakchi xorijiy davlatlarda har yili 50 ta o‘zbek taomlariga ixtisoslashtirilgan umumiy ovqatlanish korxonalari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Bu loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator subsidiyalar ajratiladi:

Faoliyatni yo‘lga qo‘yish uchun zarur xarajatlarning 50 foizi (lekin 25 ming dollardan oshmagan miqdorda) bir martalik subsidiya tarzida qoplanadi. Bu ro‘yxatdan o‘tish, ruxsatnoma olish, ijara, dizayn va jihozlar xarajatlarini o‘z ichiga oladi.

 Har yili 300 kggacha O‘zbekistondan olib kelingan oziq-ovqat mahsulotlarining transport xarajatlarining 50 foizi, lekin bir tadbirkorlik subyekti uchun 100 million so‘mgacha miqdorida qoplab beriladi. Bu maqsadlar uchun har yili 30 milliard so‘m ajratiladi.

2025-yil 1-sentyabrdan 2028-yil 1-yanvargacha har yili 50 milliard so‘m doirasida mehmonxona va restoranlarning reklama mahsulotlarini — videofilm, rolik, klip, anime — tayyorlash va targ‘ib qilish xarajatlarining 50 foizi, lekin 50 million so‘mdan oshmagan qismi qoplanadi.

Shavkat Mirziyoyev 2-maydagi yig‘ilishda xorijda o‘zbek oshxonasini targ‘ib qilayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidlagan edi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *