Toshkent shahrida 10 oylik chaqaloq lavash va kartoshka fri yedirilgani sabab ichagi chirib, operatsiya qilindi.
Oilasining aytishicha, olis viloyatdan Toshkentga kelayotgan ona yo‘ldan tushlik uchun lavash va qovurilgan kartoshka sotib olgan. Ona fastfudni o‘z og‘zida chaynab, chaqalog‘iga ham yedirgan. Bir necha vaqt o‘tgach, chaqaloqning ahvoli yomonlashgan.
Shifokorlarning ta’kidlashicha, chaqaloqda ko‘p marotaba qayt qilish, ichidan qon ketish, qorni dam bo‘lishi va doimiy og‘riqlar kuzatilgan. Ichak chirishi sababli bir nechta operatsiyalar bajarilishi lozim bo‘lib, birinchi bosqichda chirigan ichak qismi olib tashlanib, ichak stomasi chiqarilgan. Bu stoma bilan chaqaloq taxminan 6 oy yashaydi, keyinchalik yana operatsiya qilinib, ichak tiklanadi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Bolalar jarrohligi bo‘limiga bolalar ichagi ishdan chiqishi bilan bog‘liq murojaatlar tez-tez keladi. Ayrim ota-onalar bilmagan holda chaqaloqlarga dumba yoki ko‘k somsa kabi mahsulotlar berish holatlari ham kuzatiladi, bu esa og‘ir asoratlarga olib keladi.
Shifokorlar tavsiyasi bo‘yicha, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar faqat ona suti bilan oziqlantirilishi lozim, 1 yoshdan keyin esa qo‘shimcha ozuqa berilishi mumkin.