Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Yana 3 davlat fuqarolari uchun ID karta orqali O‘zbekistonga kirish rejimi ko‘rib chiqilmoqda
Jamiyat

Yana 3 davlat fuqarolari uchun ID karta orqali O‘zbekistonga kirish rejimi ko‘rib chiqilmoqda

Nilufar Qobilova 21.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :10

O‘zbekiston hukumati Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Ozarbayjon fuqarolariga mamlakatga ichki hujjat yoki ID karta orqali 30 kungacha kirish imkoniyatini joriy etishni ko‘rib chiqmoqda. Bolalar uchun esa “kinder pasport” orqali kirish tartibi nazarda tutilgan.

Mazkur tashabbus Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 15-mayda imzolangan sayyohlar oqimini keskin oshirish bo‘yicha farmonida belgilangan. Ichki ishlar vazirligi uch oy ichida mazkur davlatlar bilan muzokaralarni boshlashi lozim.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2023-yilda ushbu tartibni birinchi bo‘lib Qirg‘iziston uchun joriy qilgan edi.

Shu farmonda, shuningdek, AQSh fuqarolari uchun O‘zbekistonga 30 kunlik vizasiz rejim joriy etish hamda AQSh fuqarolari uchun vizani yengillashtirish bo‘yicha muzokaralar boshlash rejalari ham ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, 2025-yil 1-iyundan boshlab Bahrayn, Quvayt va Ummon fuqarolari uchun O‘zbekistonga 30 kunlik vizasiz kirish tartibi amal qiladi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *