Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Tramp Amerikani “Oltin gumbaz” bilan o‘ramoqchi

Nilufar Qobilova 21.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :116

AQSh prezidenti Donald Tramp “Oltin gumbaz” nomli raketaga qarshi mudofaa tizimi loyihasini tasdiqladi. Ushbu loyiha keyingi avlod havodan tahdidlarni, jumladan ballistik va qanotli raketalarga qarshi samarali himoya tizimini yaratishga qaratilgan.

Yangi byudjet loyihasida bu tizim uchun 25 milliard dollar boshlang‘ich mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. Biroq hukumat, loyiha yanada qimmatga tushishi mumkinligini ham taxmin qilmoqda.

BBC xabariga ko‘ra, hozirgi mavjud tizimlar dushmanning tobora rivojlanib borayotgan qurollariga mos kelmayapti.

Tramp ikkinchi marta prezidentlikka saylangach, mudofaa vazirligiga havodan hujumlarni to‘xtatish va himoya qilish tizimi bo‘yicha rejani yetti kun ichida tayyorlashni buyurgan edi. Oq uy hozirgi xavfni mamlakat oldidagi “eng halokatli tahdid” deb baholamoqda.

Shuningdek, yangi tizim hatto dunyoning boshqa burchagidan yoki kosmosdan uchirilgan raketalarni ham to‘xtatishga qodir bo‘lishi kutilmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *