Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Odam savdosi jinoyatlari uchun jazolar kuchaytirildi

Nilufar Qobilova 20.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :31

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№1065, 19.05.2025) bilan Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Ushbu o‘zgartirishlarga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 135-moddasida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jazolar kuchaytirildi.

Endilikda odam savdosi jinoyatini qalbaki hujjatlardan foydalangan holda, shuningdek, jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qo‘yish, yashirish yoki yo‘q qilish bilan sodir etganlik uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.

Ilgari bunday jinoyatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosı qo‘llanilgan edi.

Agar ushbu jinoyat jabrlanuvchining o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, jazo 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni o‘z ichiga oladi.

Oldin esa bunday holatlar uchun 8 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosı mavjud edi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *