Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Oʻzbekistonda hisoblagichsiz yerosti suvi ishlatganlarga 5 barobar soliq belgilanadi

Gulhayo Naimova 20.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :5

2025-yil 5-avgustdan boshlab O‘zbekistonda yerosti suvidan foydalanayotgan tadbirkorlar suv hisoblagichi o‘rnatmasa, belgilangan soliq stavkasining 5 barobarini to‘lashga majbur bo‘ladi.

Bu tartib 5-may kuni imzolangan qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar asosida kuchga kiradi.

Masalan, avtomobil yuvish shoxobchalari 1 kubometr suv uchun 15 ming so‘m soliq to‘lashsa, hisoblagichsiz holatda bu summa 75 ming so‘mga chiqadi. Bundan tashqari, bir kunda 5 kub metrdan ko‘p yerosti suvi ishlatadigan oddiy fuqarolar ham suv hisoblagichi o‘rnatishi kerak bo‘ladi.

Shuningdek, yerosti suvidan foydalanish faqat ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslar kuniga 5 kub metrgacha suv ishlatsa, bunga ruxsatnoma talab qilinmaydi. Ammo tadbirkorlar albatta To‘g‘-kon va geologiya vazirligidan ruxsat olishlari kerak bo‘ladi.

Yangi tartibga ko‘ra, hisoblagichsiz suv ishlatganlarga soliq 5 barobar ko‘paytirilgan holda belgilanadi.

Mutasaddilarning aytishicha, bu yerosti suvlarini tejash va ulardan adolatli foydalanishni ta’minlashga qaratilgan muhim choradir.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *