Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Rossiyada zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol O’zbekistonga qaytarildi

Nilufar Qobilova 20.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :13

Rossiyaning Surgut shahrida oiladagi zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ona va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi. Ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan kuchli bosim va tahqirlarga duch kelib, vatanga qaytishga qaror qilgan.

O‘zbekiston bosh konsulxonasi xodimlari yordamida ular 19-may kuni Yekaterinburgdan Namanganga reys bilan yuborildi.

Mazkur oila 2024-yil may oyida voyaga yetmagan ikki nafar farzand bilan Surgutga kelgan, uchinchi farzand esa shu shaharda tug‘ilgan. Turmush o‘rtog‘i Q.M. Rossiya hududida qonuniy hujjatlarini rasmiylashtirmagan holda turli ish joylarida ishlagan.

Oiladagi kelishmovchiliklar, ish joyining yo‘qligi va daromadsiz qolish sababli janjallar ko‘paygan. Ayol farzandlari bilan birga O‘zbekistonga qaytishga qaror qilgan, ammo otasi ularning pasportlarini olib qo‘ygan.

Diplomatlar yordamida pasportlar qaytarilib, ayol va farzandlarining vatanga qaytish hujjatlari rasmiylashtirildi.

Bu yordam O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari va xavfsizligini himoya qilishga qaratilgan amaliy choralardan biridir.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *