Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

“Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” tashkil qilinadi

Nilufar Qobilova 20.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :8

2025-yil iyun oyidan boshlab “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturini amalga oshirish maqsadida har oy 2-haftaning shanba va yakshanba kunlari “Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” deb e’lon qilinadi. Bu haqda rasmiy xabarlar berildi.

Bu o‘zgarish “2025–2026 yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadallik bilan kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni doirasida amalga oshirilmoqda.

Prezident farmoni asosida 2025-yil yakuniga qadar quyidagi asosiy maqsadlar belgilanmoqda:

  • Respublikaga 15,8 million nafar xorijiy sayyohlar safarini tashkil etish;

  • Turizm xizmatlari eksportini 4 milliard AQSh dollariga yetkazish;

  • Ichki turizmni rivojlantirish hisobiga 40 million mahalliy sayyohlarning hududlarga safarlarini tashkil etish;

  • Qo‘shimcha 378 ta turoperator faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Bundan tashqari, har yili 30-noyabrgacha kelgusi yil uchun turizmni rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlar ishlab chiqiladi va har yil noyabr oyining 3-haftasida Xalqaro turizm haftaligi tashkil etiladi.

Shuningdek, 2025-yil 1-iyundan boshlab Bahrayn Qirolligi, Kuvayt Davlati va Ummon Sultonligi fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kunidan e’tiboran 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi.

Ushbu yangi vizasiz rejim va turizmni rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar O‘zbekistonning xalqaro sayyohlik maydonida o‘z o‘rnini yanada mustahkamlashiga xizmat qiladi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *