Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • O‘zbekistonda ayrim maktab o‘qituvchilari 20 million so‘mgacha oylik maosh olishmoqda
Jamiyat

O‘zbekistonda ayrim maktab o‘qituvchilari 20 million so‘mgacha oylik maosh olishmoqda

Gulhayo Naimova 20.05.20252 daqiqa o'qiladi
81

Surxondaryo viloyatida esa 2 ming dollardan ortiq maosh olayotgan 11 nafar o‘qituvchi bor, dedi viloyat ta’lim boshqarmasi rahbari Husniddin Mamadiyev 15-may kuni prezident raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida.

“Bu natijalarni ommaviy axborot vositalarida ham ko‘rsatdik”, dedi H.Mamadiyev va qo‘shimcha qildi — “viloyatda ming dollardan ortiq maosh olayotgan 600 ga yaqin o‘qituvchi bor.”

“O‘zbekiston24” telekanali 18-may kuni Namangan viloyatidagi shunga o‘xshash holatlar haqida reportaj e’lon qildi. Namangan tumanidagi maktabda fransuz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlovchi Zamira Hamidova 22 million so‘mdan ortiq maosh olayotganini aytib, ilgari past oylik va majburiy mehnat sabab bu sohadan ketmoqchi bo‘lganini esladi.

Viloyatning Kosonsoy tumanidagi ingliz tili o‘qituvchisi Nigora Egamova esa 20 million so‘mdan ortiq maosh oladi.

“Avval 5 million olardim, 20 millionlik maosh faqat orzu edi, endi esa haqiqat,” dedi u.

Hozirda ming dollar (yoki undan ortiq) maosh olayotgan o‘qituvchilar soni 60 ming nafardan oshgan. Ular orasida Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tarix o‘qituvchisi bo‘lib ishlovchi ko‘zi ojiz Nozimjon Tojiboyev ham bor.

Videoselektorda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan ustama tizimi haqida ma’lumot berildi. Malaka, xorijiy tillarni bilish, fan olimpiadalari va yangi baholash tizimi asosida o‘qituvchilarga 10 dan ortiq ustamalar berilishi aytildi. Ushbu tizimdan foydalangan 60 ming o‘qituvchi hozirda 8-12 million so‘m atrofida maosh olmoqda.

Prezident Mirziyoyev 2021-yilda Senat binosida qilgan nutqida, 2025-yilga borib oliy toifali o‘qituvchilarning oylik maoshini ming dollar ekvivalentiga yetkazishni va’da bergan edi.

O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil birinchi choragida ta’lim sohasidagi o‘rtacha oylik ish haqi 4 million 44 ming so‘mni tashkil etgan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *