Fargʻona shahrida joylashgan koʻp qavatli uylardan birida lift ichida qolib ketgan bolalarga tezkor amaliy yordam koʻrsatildi.
“112” tizimi orqali kelib tushgan murojaatga koʻra, “Shakarqishloq” MFY hududidagi uylarning birida lift qulflanib qolgan va uning ichida bolalar qolib ketgani haqida xabar berilgan.
Shundan soʻng Fargʻona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, maxsus asbob-uskunalar yordamida liftni ochishdi va fuqarolarni sogʻ-salomat qutqarib olishdi.
FVV hodisalarning oldini olish maqsadida fuqarolarga texnik xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni tavsiya etmoqda.