Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

O'zbekiston

Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasidagi o’tkazish punkti yana 4 oyga yopildi

Nilufar Qobilova 19.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :15

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi “Tajen—Dovut ota” nazorat-o‘tkazish punkti orqali jismoniy shaxslar va ayrim transport vositalarining harakatlanishi yana to‘rt oyga to‘xtatildi. Bu haqda Qozog‘iston Davlat bojxona qo‘mitasiga tayanib “Kazinform” axborot agentligi xabar berdi.

Qaror O‘zbekiston vakolatli organlari bilan kelishilgan holda qabul qilingan bo‘lib, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, qurilish va rekonstruksiya ishlarini jadallashtirish maqsadini ko‘zlaydi. Hozirda post hududida metall konstruksiyalarni o‘rnatish, muhandislik tarmoqlarini yotqizish, shuningdek, binolarni kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, may-avgust oylarida “Tajen” (Qozog‘iston) va “Dovut ota” (O‘zbekiston) punktlari oralig‘idagi neytral hududda avtomobil yo‘li yotqizilishi rejalashtirilgan. O‘xshash qurilish ishlari O‘zbekiston tomonidan ham amalga oshiriladi.

Qozog‘iston tomoni chegara kesib o‘tishga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovni 2025-yil 1-sentyabrga qadar uzaytirishni rasman taklif qilgan. O‘zbekiston bu taklifni qo‘llab-quvvatladi.

Shu sababli “Tajen” nazorat-o‘tkazish punktida jismoniy shaxslar, yengil avtotransport vositalari, avtobuslar va 3,5 tonnagacha bo‘lgan yuk mashinalari harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

Mas’ul idoralar fuqarolardan sayohat va yo‘nalishlarini rejalashtirishda ushbu vaqtinchalik o‘zgarishlarni inobatga olishni so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu punkt orqali transport vositalari harakati 2025-yil 1-fevraldan boshlab rekonstruksiya sababli vaqtincha to‘xtatilgandi.

 

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *