O‘zbekiston hukumati 2025-yil 1-sentabrgacha maktab va bolalar bog‘chalari atrofida yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha yangi choralarni joriy etadi.
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalaridan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytilgan.
Qarorga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi tomonidan ta’lim muassasalari yaqinida avtomobillar harakat tezligini soatiga 30 kilometrdan oshirmaslikka doir belgilar, radar tizimlari hamda maxsus texnika vositalari o‘rnatiladi.
Rasmiylar bu chora-tadbirlar orqali bolalar xavfsizligini ta’minlash va avariya holatlarini kamaytirishga erishmoqchi. Ayni paytda ushbu tadbirlar mamlakat bo‘ylab bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.