Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Rossiyaning Ukrainadagi harbiy yo‘qotishlari 108 mingdan oshdi

Gulhayo Naimova 18.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :22

“BBC News Russian” va mustaqil “Mediazona” nashrining yangi hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya Ukrainadagi urush davomida kamida 108 600 harbiy xizmatchisini yo‘qotgan.

Bu raqamlar ochiq manbalarga asoslangan bo‘lib, hukumat tomonidan e’lon qilinmagan.

Tahlilchilar har bir halok bo‘lgan harbiy shaxsning ismini, vafot sanasini va boshqa tafsilotlarini ijtimoiy tarmoqlar, nekrologlar hamda qabristonlardagi ma’lumotlar orqali tasdiqlashgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu raqam Rossiyaning umumiy yo‘qotishlarining atigi 45–65 foizini tashkil qilishi mumkin. Real yo‘qotishlar 164 mingdan 237 minggacha yetgani taxmin qilinmoqda.
Halok bo‘lganlar orasida 5 000 dan ortiq ofitserlar, jumladan, kamida 10 general va 524 polkovnik yoki podpolkovnik bor.

2022-yildagi urush boshlanishidan keyingi dastlabki davrlarda ofitserlar umumiy yo‘qotishlarning beshdan bir qismini tashkil etgan. Ammo 2025-yil bahoriga kelib, ularning ulushi 2–3 foizgacha kamaydi.
Shuningdek, tasdiqlangan qurbonlarning chorak qismi urush boshlanganidan keyin Rossiya armiyasiga ko‘ngilli sifatida qo‘shilganlar bo‘lgan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *