O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlari orqali o‘rnatilgan radar va kameralar yordamida qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun undirilgan jarimalar endilikda quyidagi tartibda bo‘linadi:
25% – IIV Jamoat xavfsizligi departamenti huzuridagi “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” jamg‘armasiga;
25% – “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markaziga. Ushbu mablag‘lar texnik vositalarni qo‘llab-quvvatlash va elektr energiyasi xarajatlarini qoplash uchun yo‘naltiriladi.
25% – Qoidabuzarlik qayd etilgan hududning mahalliy budjetiga, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida;
10% – Hududiy tuman yoki shahar hokimliklari jamg‘armasiga, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish uchun;
5% – Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga;
5% – Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasiga;
5% – Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasiga. Ushbu mablag‘lar aloqa kanallari, elektron pochta xabarlari orqali qarorlarni yetkazish va boshqa texnik xarajatlarni qoplashga sarflanadi.