2025-yil 15-may kuni Vazirlar Mahkamasining 318-son qaroriga asosan, davlat bojlari, yig‘imlar, soliq bo‘lmagan to‘lovlar, ma’muriy va moliyaviy jazolar bo‘yicha tushumlar turli tashkilotlar va jamg‘armalar o‘rtasida foizlar asosida taqsimlanishi belgilandi.
Xususan,
I. Ichki ishlar vazirligi (IIV) tizimlariga ajratmalar:
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video vositalar qayd etgan YHQ buzilishi uchun jarima summasi – 39%
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etuvchi dasturiy-texnik vositalar qayd etgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima summasi (tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etuvchi dasturiy-texnik vositalardan foydalanish orqali va boshqa davlat organlari bilan hamkorlikda shakllangan holatlar orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ushbu organlar tomonidan undiriladigan jarima summasi bo‘lmagan holatlar mo‘ljallangan) — 48,5%
Avtomobilni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov – 23,5%
Haydovchilarning mol-mulkini saqlash xarajatlari (qonunchilikda belgilangan holatlarda) – 6%
Davlat raqam belgilarini zamonaviy namunada, qo‘shimcha tayyorlash – 8%
Avtomobil oynasini qoraytirish uchun ruxsatnoma – 8%
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun axborot tizimlari orqali harakatni qayd etish, tahlil qilish, shaxsni aniqlovchi tizimlarga integratsiya qilish – 10%
Axborot almashinuvi, yagona elektron baza shakllantirish, huquqbuzarliklarning oldini olish va rasmiy ma’lumot berish – 8%
Tadbirkorlik subyektlari uchun jarimalar:
– Tizim joriy etilib, ilk to‘lovdan 2 yildan kam o‘tgan bo‘lsa – 8,5%
– 2 yil va undan ortiq bo‘lsa – 13,5%
II. IIV Jamoat xavfsizligi departamenti huzuridagi YHQ xizmati jamg‘armasiga:
Maxsus avtomatlashtirilgan texnika bilan aniqlangan qoidabuzarliklar uchun jarima – 16%
Oynani qoraytirish uchun ruxsatnoma yig‘imi – 40%
IIV ichki ishlar organlari tomonidan qo‘llangan avtomatlashtirilgan jarimalar – 1,5%
Tadbirkorlarga tegishli avtomatlashtirilgan vositalar orqali aniqlangan qoidabuzarliklar uchun – 1,5%
III. IIV / “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” jamg‘armasiga:
Surishtiruv asosida rasmiylashtirilgan YHQ buzilishi uchun jarima – 5%
“Ob’ektiv nazorat” dasturi va Prezident qarorlari asosida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun jarima – 25%
IV. “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasiga:
Avtomatlashtirilgan texnika orqali aniqlangan qoidabuzarliklar uchun jarima – 25%
Avtomobil oynasini qoraytirish uchun ruxsatnoma yig‘imi – 20%
Videoregistrator, avtomatlashtirilgan tizimlar orqali aniqlangan YHQ buzilishi uchun jarima – 25%
Davlat raqami belgilarini tayyorlash, o‘rnatish, almashtirish bo‘yicha yig‘im – 50%
V. IIV “Xavfsiz makon” tizimlarini rivojlantirish markaziga:
“Xavfsiz shahar” tizimlari orqali qayd etilgan YHQ buzilishi uchun jarima – 60%
“Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” jamg‘armasi asosida belgilangan holatlar bo‘yicha jarima – 25%
VI. Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Respublika markazga:
Litsenziya (aloqa va axborotlashtirish faoliyati uchun) – 50%
Telefon raqamlari, chastotalar, kanallar uchun yillik to‘lov – 45%
Axborotni shifrlash uchun ruxsatnoma – 10%
Abonent raqamlarini faollashtirish uchun yig‘im – 5%
VII. Boshqa qo‘shimcha taqsimotlar:
“Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” jamg‘armasi asosida qo‘llaniladigan holatlarda jarima – 5%
Jismoniy shaxslar bo‘yicha avtomatlashtirilgan holatdagi jarima – 10%
Yuridik shaxslar bo‘yicha avtomatlashtirilgan holatdagi jarima – 20%
Davlat raqam belgilarini tayyorlash va berish (qo‘shimcha nusxa, ko‘chirish, almashtirish) bo‘yicha yig‘im – 10%