Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

“Oltin vasvasa”si jinoyatga yetakladi

Gulhayo Naimova 17.05.20251 daqiqa o'qiladi
56

Davlat xavfsizlik xizmati (DXX)ning Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi va ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli 3-son Gidrometallurgiya zavodida ishlovchi uch nafar xodim — ikki nafar smena ustasi va bir nafar bo‘linma aparatchisi — noqonuniy harakatda gumon qilinib qo‘lga olindi.

Rasmiylarga ko‘ra, ular oldindan til biriktirib, tarkibida yirik miqdorda oltin bo‘lgan 2 kilogramm og‘irlikdagi yarim tayyor mahsulotni yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida zavoddagi havo tozalash quvuriga yashirib qo‘ygan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, mahsulot tarkibida 1 kilogramm 523 gramm sof oltin aniqlangan bo‘lib, uning bozor qiymati 2 milliard 102 million so‘mga teng.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 hamda 169-moddasi 4-qism “a” bandi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *