Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Tezlik oshirilishi koʻp uchraydigan hududlarda tezlikni koʻrsatib ogohlantiruvchi tablolar oʻrnatiladi
Jamiyat

Tezlik oshirilishi koʻp uchraydigan hududlarda tezlikni koʻrsatib ogohlantiruvchi tablolar oʻrnatiladi

Gulhayo Naimova 16.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :8

Yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirishga qaratilgan qarorga binoan, 2025 yil yakuniga qadar bir qator amaliy choralar ko‘riladi.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan barcha chorrahalar va yo‘llardagi maxsus texnika vositalari to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkaziladi.
Inventarizatsiya yakuniga ko‘ra, noqonuniy yoki belgilangan tartibga zid ravishda o‘rnatilgan, texnik va standart talablariga javob bermaydigan uskunalar demontaj qilinadi.

Shuningdek, haydovchilar tomonidan tezlik oshirilishi tez-tez qayd etilayotgan hududlarda real vaqt rejimida tezlikni ko‘rsatib, ogohlantiruvchi elektron tablolarning o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, tadbirkorlarning maxsus texnika vositalaridan foydalanishida shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash va suiste’mollarning oldini olish bo‘yicha ham qat’iy choralar ko‘riladi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *