Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Florida universitetida talaba qotillik sodir etdi

Gulhayo Naimova 16.05.20252 daqiqa o'qiladi
Pochta :27

Florida davlat universiteti talabasi bo‘lgan 20 yoshli Feniks Iknerga o‘tgan oy kampusda sodir bo‘lgan ommaviy otishma yuzasidan qotillik ayblovi qo‘yildi. Otishma natijasida ikki kishi halok bo‘lgan, olti kishi tan jarohati olgan edi.

Ikner shu hafta kasalxonadan chiqarilib, rasmiy ravishda hibsga olindi. U ikki marta birinchi darajali qotillik va yetti marta qotillikka urinishda ayblanmoqda.

U dastlab Leon okrugi hibsxonasiga joylashtirildi, keyin esa xavfsizlik nuqtayi nazaridan qo‘shni Vakulla okrugiga ko‘chirildi.
Rasmiylarga ko‘ra, u Leon okrugi sherif o‘rinbosarining o‘gay o‘g‘li hisoblanadi.

Voqea 17-aprel kuni, tushlik vaqtiga yaqin yuz bergan. Politsiya bergan ma’lumotga ko‘ra, Ikner universitet hududiga qurol bilan kirgan va binolar hamda yashil maydonlar orasida yurib, odamlarga qarata o‘q uzgan. Taxminan to‘rt daqiqa ichida politsiya unga qarshi chora ko‘rgan va otib, zararsizlantirgan.

Tergov davomida aniqlanishicha, Ikner o‘q uzishda o‘gay onasiga tegishli bo‘lgan xizmat qurolidan foydalangan. Uning o‘gay onasi 18 yillik ish tajribasiga ega, so‘nggi yillarda maktab xavfsizlik xodimi bo‘lib ishlagan. U 2024-yil mart oyida “oy xodimi” deb tan olingan. Otishmadan so‘ng u ta’tilga chiqqan va boshqa joyga o‘tkazilgan.

Katta hay’at bu voqeani “jamoa boshidan kechirgan eng og‘ir kun” deb atadi. Ularning fikriga ko‘ra, politsiya xodimining tezkor aralashuvi zo‘ravonlikni to‘xtatgan va ko‘proq qurbonlar boʻlishining oldi olingan.
Politsiya hozircha hujum sababini oshkor qilgani yo‘q.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *