Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

O'zbekiston

O‘zbekiston va BMT: Yoshlarga oid global tashabbuslar va hamkorlik kengaymoqda

Nilufar Qobilova 16.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :23

O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) o‘rtasidagi hamkorlik barcha yo‘nalishlarda yanada kengaytiriladi. Bu haqda Oliy Majlis Senatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilindi. Senat Raisi Tanzila Norboyeva BMT Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, BMT Yoshlar byurosi rahbari Felipe Paulier bilan muzokara olib bordi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va BMT o‘rtasida yoshlar siyosati, parlamentlararo aloqalar, ekologiya, sun’iy intellekt va raqamli ta’lim kabi sohalarda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

2026 yilda Samarqandda yoshlar parlamentlari xalqaro forumi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Davlat rahbarining tashabbusi bilan tashkil etiladigan bu forumga BMT Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisi ham muhim tashabbuslar bilan ishtirok etishi taklif qilindi.

Muloqotda BMTning “Yoshlar – 2030” strategiyasi, ushbu tashabbus doirasida yoshlar huquqlari va manfaatlarini ilgari surishdagi ustuvor yo‘nalishlar alohida e’tiborga olindi.

Senat Raisi O‘zbekistonda yoshlar ulushi 55 foizdan oshganini ta’kidlab, ularning huquqlari va imkoniyatlarini ta’minlash davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini qayd etdi.

Samimiy ruhda kechgan uchrashuv yakunida O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi barcha sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *